Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Jizzaxda o‘g‘irlik qilgan fuqaro fosh bo‘ldi

Jizzaxda o‘g‘irlik qilgan fuqaro fosh bo‘ldi

Joriy yilning 7 noyabr kuni Jizzax shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga G‘allaorol tumani, “Alamli” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1972 yilda tug‘ilgan fuqaro B.S. noma’lum shaxs yashash xonadoniga o‘g‘irlik sodir etilganligi xususida murojjat qilgan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining "ANIQ.UZ"ga ma’lum qilishicha, mazkur o‘g‘irlik Jizzax shahri, Yoshlik mahallasida istiqomat qiluvchi 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro O‘.SH. tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Ayblanuvchi jabrlanuvchining uyidan 30 million so‘mlik uy jihozlari, 3 dona “MDF” eshiklari, 1 dona “HITACHE” nomli muzlatkich, 1 dona “AVALON” nomli sovitkich, 1 dona “ROYL” nomli suv isitish pechi, 1 dona gilam, 2 dona deraza pardalarini o‘g‘irlab ketgan.
 Holat yuzasidan shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Kiritildi: 17:26 08.11.2019. O'qildi: 2076 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!