Bugun 5 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxda qoidani buzgan Cobalt odam o‘limiga sababchi bo‘ldi

A A A
Jizzaxda qoidani buzgan Cobalt odam o‘limiga sababchi bo‘ldi

Jizzax viloyati hududidan o‘tgan yo‘lda odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, A-376 xalqaro avtomobil yo‘lining 284-kilometrida Cobalt va Nexia-3 mashinalar o‘zaro to‘qnashgan.

Oqibatda Nexia-3 haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.

O‘tkazilgan surishtiruvda YTHga Cobalt haydovchisi sababchi bo‘lgani, u qoidalarni qo‘pol tarzda buzib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqani va o‘z yo‘lidan kelayotgan Nexia-3ʼga urilgani aniqlangan.

Kiritildi: 18:46 25.02.2024. O'qildi: 1673 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!