Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 23 dekabr kuni soat 14:35 larda, Jizzax viloyati, Jizzax shahar, Mustaqillik va Sharof Rashidov ko‘chalari kesishgan chorrahada, haydovchi, 1970 yilda tug‘ilgan S.B. boshqaruvidagi "Nexia" rusumli avtomobilning salon qismida yong‘in yuzaga kelgan.
Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Avtomobilning salon qismi yong‘indan zararlangan.
Mazkur hodisa yuzasidan Jizzax shahar IIB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.