Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxda mudhish YTH: 4 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Jizzaxda mudhish YTH: 4 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Jizzax viloyatida mudhish yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, Epica avtomashinasi «Kamaz» yuk mashinasi orqasiga kelib urilgan.

2019 yil 23 noyabr kuni taxminan soat 03:00larda 22 yoshli R.N. 4 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan Epica rusumli transport vositasini Jizzax viloyati SH.Rashidov tumani Nurafshon MFY hududidan o‘tgan «Toshkent-Termiz M-39 yo‘li»ning 977-km.da Termiz yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotib, shu yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan 43 yoshli Y.P. boshqaruvida bo‘lgan «Kamaz-53212» rusumli yuk mashinasining orqa qismiga urilib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Oqibatda Epica haydovchisi R.N., yo‘lovchilar 58 yoshli R.D. va 26 yoshli G.A.lar hamda 1 nafar erkak  25-30 yoshdagi fuqaro (shaxsi aniqlanmoqda) hodisa joyida vafot etgan. Yana bir yo‘lovchi 26 yoshli M.M. esa turli tan jarohatlari bilan RSHTIYOM Jizzax filiali travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan. «Kamaz» haydovchisi jarohat olmagan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 23 noyabr kuni Jizzax viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan (odamlar o‘limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:41 23.11.2019. O'qildi: 2748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!