Bugun 17 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Jizzaxda MIB orqali banklar foydasiga 196 mlrd undirildi

Jizzaxda MIB orqali banklar foydasiga 196 mlrd undirildi

Shu tariqa 5 510 ta ijro hujjati bo‘yicha ish yakunlangan.

Kredit qarzdorliklarini undirish bo‘yicha majburiy ijro harakatlari olib borilmoqda

Majburiy ijro byurosining Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tgan davri mobaynida bank undiruvlari bo‘yicha jami 711 mlrd so‘mlik 18 740 ta ijro ishlari yuzasidan ijro harakatlari olib borilgan. Shundan 5 510 ta ijro hujjati bo‘yicha 196 mlrd so‘mlik undiruvlar amalda ta’minlangan.

Shuningdek, ijro hujjatlari yuzasidan jami 2 874 ta holatda 185,6 mlrd so‘mlik mol-mulklar xatlangan, shundan 843 ta mol-mulk (70,5 mlrd so‘mlik) elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilgan.

Jumladan, sudning ijro hujjatiga asosan “E.X” MCHJdan undiruvchi tijorat banki foydasiga 15,4 mlrd so‘m qarzdorlikni undirish maqsadida garovda bo‘lgan 36 dona maxsus texnika elektron onlayn auksion savdolariga chiqarildi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Kiritildi: Bugun 17:06. O'qildi: 178 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!