Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Jizzaxda "Matiz" yonib ketdi. Ichida uch nafar bola bor edi

A A A
Jizzaxda "Matiz" yonib ketdi. Ichida uch nafar bola bor edi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Yakkaqayrog‘och mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, 1992 yil tug‘ilgan F.D. akasining 1 nafar, o‘zining esa 2 nafar farzandini “Matiz” ichida qoldirib, yashash joyiga kirib ketganida boshiga qanday kulfatlar tushishini tasavvur ham qilmagandi. F.D uyda bo‘lgan vaqtda avtoulov ichida yong‘in yuzaga kelib, salonda bo‘lgan 2018 yilda tug‘ilgan SH.SH.ning tanasi 100 foiz 2- va 3- darajali termik kuygan.

Shuningdek, 2017 yilda tug‘ilgan M.SH. tanasining 60 foizi 1-, 2- va 3- darajali kuygan. Bundan tashqari bolaning yuqori nafas yo‘llari 2- darajali kuygan. 2019 yilda tug‘ilgan SH.M.ning  yuzi, ikki qo‘li 2-, 3- “A” va “B” darajali, yuqori nafas yo‘llarining esa 14-16 foizi kuygan. Jabrlanuvchilar respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.

Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:27 19.09.2020. O'qildi: 3862 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik