Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Jizzaxda kuyov xotinining akasini pichoqladi

Jizzaxda kuyov xotinining akasini pichoqladi

G‘allaorol tumani Ko‘kgumbaz mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan Z.N. singlisini kuyovi haqoratlab, urganligini eshitgach, o‘zini bosa olmadi. Zo‘ravon bilan gaplashib olish maqsadida tungi soat 22.00.lar atrofida qishloq chekkasidagi dala maydoniga chaqirdi.

Shu joyda qayinog‘a G‘allaorol tumani Ko‘kgumbaz mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan kuyovi D.N.ning yoqasidan tutib, singlisini nima uchun azoblayotganini so‘raganida D.N. yonidagi oshxona pichog‘i bilan Z.N.ning qorniga uradi.

Oqibatda qayinog‘a qorin bo‘shlig‘i old devor qismiga sanchilib, kesilgan jarohat bilan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.

Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazgan D.N.ga nisbatan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni vaqt u hibsxonada. 

Kiritildi: 17:23 23.10.2020. O'qildi: 3323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!