Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Jizzaxda Koreyaga ketmoqchi bo‘lgan fuqaro pullaridan ayrildi

Jizzaxda Koreyaga ketmoqchi bo‘lgan fuqaro pullaridan ayrildi

Baxmal tumani Barlos qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan B.T. Jizzax shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga murojaat qilib, firibgarlik jinoyatidan aziyat chekkanligini bildirgan. 

Uning ma’lum qilishicha, 2016 yilning noyabr oyida Jizzax shahrining Ittifoq mahallasi hududida Sirdaryo viloyati Sardoba tumani Paxtaobod shaharchasi Navro‘z mahallasida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan R.G‘. Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilib, 2 ming 400 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan.

Qisqasi, jabrlanuvchi xorijga ishlash uchun ketolmagan, shu bilan birga pulini ham ololmagan. Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 17:54 25.11.2020. O'qildi: 1906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!