Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Jizzaxda Kobalt Kamazning ichiga “kirib ketdi”

Jizzaxda Kobalt Kamazning ichiga “kirib ketdi”

G‘allaorol tumanida "Xonimqo‘rg‘on" qishloq fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan “Toshkent-Termiz” M-39 yo‘lining 1034-kilometrida YTH ro‘y berdi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanida istiqomat qiluvchi 1985 yilda tug‘ilgan B.Q. “Kobalt” avtomobilini Samarqand yo‘nalishida boshqarib ketayotib uxlab qolgan. Natijada “Kobalt” oldinda harakatlanib ketayotgan “Kamaz” yuk mashinasining orqa qismiga urilgan.

YTH oqibatida “Kobalt” avtomashinasida bo‘lgan bir nafar fuqaro vafot etgan. Yana biri og‘ir tan jarohati olgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 13:35 13.10.2020. O'qildi: 3678 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!