Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Jizzaxda KIA K8 avtomashinasi jarima maydoniga joylashtirildi

Jizzaxda KIA K8 avtomashinasi jarima maydoniga joylashtirildi

Majburiy ijro byurosi Jizzax shahar bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan sud hujjatlari va boshqa vakolatli organlar qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan navbatdagi ijro harakatlari amalga oshirildi.

Ijro ishi doirasida qarzdorning majburiyatlarini bajarmaganligi sababli 308 million so‘m baholangan, garov ta’minoti sifatida rasmiylashtirilgan KIA K8 rusumli avtomashinasi xatlandi. Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, mazkur transport vositasi saqlovga olinib, belgilangan tartibda jarima maydoniga joylashtirildi.

Mazkur ijro harakati qarzdor tomonidan sud hujjatlari talablarining ixtiyoriy tarzda bajarilmaganligi oqibatida amalga oshirildi. Qarzdor belgilangan muddatlarda qarzdorlikni to‘liq qoplamagan taqdirda, amaldagi qonunchilikka muvofiq xatlangan mol-mulkni baholash va realizasiya qilish orqali undiruvchi manfaatini ta’minlash choralari ko‘riladi.

Kiritildi: 12:51 25.07.2026. O'qildi: 799 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!