Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Jizzaxda elektron muzey o‘rnatildi

Jizzaxda elektron muzey o‘rnatildi

Jizzax shahri Shodlik mahallasida "NazzAR" startap loyihasining elektron muzeyi o‘rnatildi. Bu haqda Innovasion rivojlanish vazirligi matbot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, SmartChain AT kompaniyasi direktori Bobur Rahimov bilan davra suhbati tashkil etigan va unda "NazzAR" innovasion startap loyihasi va uning ahamiyati tushunchalar berilgan.

Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlab kelinayotgan startap loyihalaridan biri – to‘ldirilgan reallikka asoslangan "NazzAR" mobil ilovasini yaratgan SmartChain AT kompaniyasidir.
"NazzAR" startap loyihasi har qanday moddiy vositaga kengaytirilgan reallik elementlarini birlashtirishi mumkin bo‘lgan innovasion dasturdir.
Smartfon orqali "NazzAR" belgisiga yo‘naltirilganda mobil qurilma ekranida real ob’ektlarning 3D shakllari, video roliklari, suratlar jonlanadi.

Kiritildi: 17:03 23.01.2022. O'qildi: 1930 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!