Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Jizzaxda brakonyer o‘z mashinasida davlat xizmatchisini bosib ketishga urindi

Jizzaxda brakonyer o‘z mashinasida davlat xizmatchisini bosib ketishga urindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi resurslardan foydalanish sohasida iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan Tabiat resurslari vazirligining Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda “Arnasoy” kanali bo‘yida tungi vaqtda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Arnasoy tumanida yashovchi K.S. va boshqalar elektr qarmoqlaridan foydalangan holda noqonuniy baliq ovlayotganliklari aniqlangan.

Ushbu tadbir davomida, K.S. xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlarning qonuniy talablarini bajarmasdan, ularga faol qarshilik ko‘rsatib, noqonuniy ovlagan baliqlari va boshqa ashyoviy dalillarni yo‘q qilish maqsadida o‘zining “Nexia 3” rusumli avtotransport vositasini Departament bo‘lim boshlig‘i P.O.ning ustiga haydab, uning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirish orqali tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Forish tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:09 20.04.2023. O'qildi: 2973 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!