Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Jizzaxda bemorni ko‘rgani borgan shifokor do‘pposlandi

Jizzaxda bemorni ko‘rgani borgan shifokor do‘pposlandi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani tez tibbiy yordam bo‘limi shoxobchasi shifokori M.X. navbatdagi chaqiruvga yo‘l olganida ko‘p o‘tmay o‘zi bemorga aylanishini xayoliga keltirmagan edi. Qisqasi, tibbiyot xodimi tumaning Xalqobod mahalla fuqarolar yig‘inidagi turar joyga tungi soat 23.30 da yetib borganida uydan chiqib kelgan D.O. bemorni ko‘rsatish o‘rniga “Nega xabar tushgandan so‘ng o‘z vaqtida kelmaysan”, deya shifokorga tan jarohatlari yetkazgan. Bu haqda viloyat IIBB xabar berdi.

Jabrlanuvchiga yopiq kraniofasial travma, bosh miya lat yeyishi, burun suyagi yopiq sinishi, burun sohasi urilib yirtilgan jarohati, bosh-ensa tepa, peshona sohalarining yumshoq to‘qimalari lat yeyishi tashxisi bilan respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Holat bo‘yicha tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 16:02 09.03.2021. O'qildi: 3143 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!