Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Jizzaxda avtofalokat: haydovchi kasalxonaga yotqizildi

Jizzaxda avtofalokat: haydovchi kasalxonaga yotqizildi

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida joriy yil 22 may kuni Andijon viloyati Shaxrixon tumanida yashovchi 33 yoshli A.J. o‘ziga biriktirilgan “Damas” rusumli avtomashinasini “Toshkent-Termiz” yo‘lining 969-km.da boshqarib ketayotib, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib borayotgan, 23 yoshli B.A. boshqaruvidagi “Volvo” rusumli yuk avtomashinasi chap yon qismiga urilib to‘xtagan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, shu vaqtda “Volvo” rusumli yuk avtomashinasining orqasdan harakatlanib kelayotgan, 34 yoshli A.YU. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina “Volvo” yuk avtomashinasining orqa tomoniga kelib urilgan. Natijada “Neksiya” avtomashinasi yo‘lovchisi 24 yoshli I.U. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

 

Kiritildi: 12:33 23.05.2019. O'qildi: 1669 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!