Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Jizzaxda aliment to‘lamagan 50 nafar fuqaroga qanday jazo berildi?

Jizzaxda aliment to‘lamagan  50 nafar fuqaroga qanday jazo berildi?

Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boshqarmasiga 2018 yil davomida 7560 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, uning 35 foizi (2589 ta)ni aliment undurish masalalari bo‘yicha murojaat tashkil qiladi. Ushbu raqamlardan bilish mumkinki, aliment bilan bog‘liq muammolar bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biridir.

Shu sababli ham joriy yilda qonunchilikka aliment olish huquqiga ega shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydigan qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

2018 yil 9 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni hamda ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganlik uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi yangi 474 va 475-moddalari bilan to‘ldirildi va 2018 yil 11 iyuldan kuchga kirdi.

Shunga asosan, Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boshqarmasining tuman-shahar bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan aliment qarzdorligi muntazam to‘lanmagan fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ma’muriy qamoq jazosini qo‘llash yuzasidan to‘plangan hujjatlarni ko‘rib chiqilishi uchun Ma’muriy sudlarga yuborilmoqda.

Bugungacha Jizzax viloyatida jami 50 nafar shunday shaxslarga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Ularning alimentdan bo‘lgan qarzdorligi esa qariyb 300 mln. so‘mni tashkil etadi.

Jumladan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining 2016 yil 06 oktyabr kungi buyrug‘iga ko‘ra, qarzdor T.Rdan undiruvchi
X.R foydasiga 3 nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun oylik ish haqi va boshqa daromadalarining 1/2 qismi miqdorida aliment to‘lashi lozim. Lekin, Orziqulov shu kunga qadar jami 11 mln. 518 ming so‘m aliment pulini to‘lamasdan, voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlagan.

Jizzax shahar ma’muriy sudining 2018 yil 19 dekabrdagi qaroriga ko‘ra, qarzdor O‘zbekiston Respublikasi MJtK 474-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi.

Shuningdek, shu kuni yana 10 nafar fuqaroga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanib, 2 ta holatda yarashuv qayd etildi.

Kiritildi: 14:18 20.12.2018. O'qildi: 1818 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!