Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Jizzaxda 80 bosh qoramol va 64 bosh otlarni kim o‘g‘irladi?

Jizzaxda 80 bosh qoramol va 64 bosh otlarni kim o‘g‘irladi?

Jizzax viloyatining Forish tumanida shu yil 1 mart kuni Mirzacho‘l tumanida yashovchi V.K. O‘zbekiston Respublikasi IIVning virtual qabulxonasiga murojaat qilib, unda 2017 yil avgust oyidan 2019 yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Forish tumani Egizbuloq QFY hududidagi dala maydonida yurgan 80 bosh qoramol va 64 bosh otlari yo‘qolganligini ma’lum qilgan holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Arnasoy tumani Cho‘lquvar QFY SH.Rashidov ko‘chasida yashovchi F.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 11:33 16.04.2019. O'qildi: 1264 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!