Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Jizzaxda 4 nafar shaxs IIB xodimini do‘pposladi

A A A
Jizzaxda 4 nafar shaxs IIB xodimini do‘pposladi

2018 yil 29 noyabr kuni soat 01:30larda 4 nafar noma’lum shaxslar mast holda Jizzax viloyatining Forish tumani hududida xizmat vaqti va kiyimida bo‘lgan tuman IIB xodimining bosh va yuz qismlariga urib-tepib jarohat yetkazib, voqea joyidan qochib ketganlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, xodim kasalxonaga yotqizilib, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni “Xonbandi” MFYda yashovchi,  muqaddam sudlangan SH.U., F.G‘., J.H. va “Oqtepa” MFYda yashovchi H.M.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kiritildi: 12:22 30.11.2018. O'qildi: 2012 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik