Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxda 2 oylik chaqalog‘ini o‘ldirgan otaga qanday jazo berildi? (VIDEO)

Jizzaxda 2 oylik chaqalog‘ini o‘ldirgan otaga qanday jazo berildi? (VIDEO)

Jizzax viloyati IIB axborotiga ko‘ra, Dashtobod shahrida yashovchi fuqaro shar’iy nikohidagi ayoli bilan janjallashib, farzandini o‘ldirib qo‘ydi.

9 oktyabr kuni soat 23:00 larda beshikdagi chaqaloq yig‘laydi. Ayolning go‘dakni eplay olmayotganidan jahli chiqqan er qizini o‘zi uxlatmoqchi bo‘lib, janjal keltirib chiqaradi. U beshikdagi yostiq bilan ayolning yuziga bir necha marotaba uradi, shunda go‘dakning boshi beshikning qirrasiga uriladi, unga boshqa jarohatlar ham yetkaziladi.

Ikki oylik chaqaloq shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etadi.

"Gazeta.uz"ning yozishicha, sud tibbiy ekspertizasi bolaning o‘limiga bosh miya yopiq jarohati, miyaga qon quyilishi, ko‘krak qafasi va ikkala son sohasidagi qon talashlar sabab bo‘lganini qayd etdi.

Sud aybdor fuqaroni 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.

 

Kiritildi: 09:38 05.01.2021. O'qildi: 2617 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!