Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Jizzax shahar hokimining qaroriga keltirilgan protestni bekor qildirmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Jizzax shahar hokimining qaroriga keltirilgan protestni bekor qildirmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro SH.B. noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqaro B.ning ishonchiga kirib, unga Jizzax shahar hududida xususiy ta’lim muassasasi qurish uchun 20 sotix yer maydoni ajratish haqidagi shahar hokimi qaroriga Jizzax viloyat prokuraturasi tomonidan keltirilgan protestni tanishlari orqali bekor qildirib, uning nomiga qayta hujjatlashtirib berish xizmati uchun 2 500 AQSh dollariga kelishib, shundan avans tariqasida 5 mln so‘mni olgan vaqtida ashayoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 16:48 11.06.2021. O'qildi: 1617 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!