Bugun 18 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Jinoyatchilikka qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi

Jinoyatchilikka qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi

➡️Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida kriminogen vaziyatni sog‘lomlashtirish hamda qimmatbaho metallar noqonuniy savdosiga aloqador jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida Ohangaron tumani, Angren va Olmaliq shaharlarida tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirildi.

Natijada, 9 nafar fuqaroning yashash xonadonlaridan jami 17,5 tonna tarkibida qimmatbaho metall bo‘lgan qum va toshlar, ularga ishlov berishda foydalaniladigan asbob-uskunalar, 135 g oltin, 25 g “marixuana” giyohvandlik vositasi, 1 dona ov quroli va 42 dona o‘q-dori prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda ashyoviy dalillar ekspertizaga yuborilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

Kiritildi: Bugun 09:15. O'qildi: 324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!