Qonun loyihasiga ko‘ra, jinoyat ishi sudga endi ayblov xulosasi bilan birga himoyachining fikri ham taqdim etiladi.
Shuningdek, advokatga tergov tugagach 5 sutka ichida “himoya fikri”ni taqdim etish huquqi beriladi.
Ushbu o‘zgarishlar sudda tomonlar tengligini ta’minlash, advokatning rolini kuchaytirish va odil sudlov sifatini oshirishga qaratilgan.
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasida qabul qilinib, Senatga yuborildi.