Taniqli bloger-bokschi Jeyk Pol biroz avval yakuniga yetgan jangda navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
U AQShning Florida shtatida Tampa shahridagi "Amali-Arena"da o‘tgan prof boks oqshomining markaziy jangida sobiq UFC jangchisi, qo‘lqopli janglar yulduzi Mayk Perriga qarshi ringga ko‘tarildi. Jangning oltinchi raundida Pol nomdor raqibini nokautga uchratdi.
Shu tariqa, Jeyk Polning prof boksdagi g‘alabalari soni 10 taga yetdi, hisobida 1 ta mag‘lubiyat ham bor. Aslida Pol bugun afsonaviy Mayk Taysonga qarshi jang qilishi lozim edi. Ammo Temir Maykning sog‘lig‘idagi muammo sabab ushbu jang kechroq muddatga qoldirilgandi.