"Trampning yaqin atrofidagi hech kim Eron bilan urushni to‘xtatish uchun vise-prezident Venschalik harakat qilmagan", — deb yozadi The New York Times nashri o‘z maqolasida.
AQSh vise-prezidenti o‘z siyosiy faoliyatini bunday harbiy sarguzashtlarga qarshi chiqish asosida qurgan. U Eron bilan urushni resurslarning behuda sarfi va rejimni almashtirishga bo‘lgan urinishni halokatli deb hisoblagan.
Vens Trampni Eronga qarshi urush mintaqaviy tartibsizlik va ko‘plab qurbonlarga sabab bo‘lishidan ogohlantirgan. Shuningdek, bu qaror "yangi urushlar bo‘lmaydi" degan va’daga ishongan saylovchilar uchun xiyonat bo‘lishini ta’kidlagan.
Vise-prezident sifatida u Qo‘shma Shtatlardagi o‘q-dorilar taqchilligini yaxshi bilardi va bu urush Vashingtonni yillar davomida zaiflashtirishidan xavotirlangan. Uning fikricha, Eronning javob qaytarishini prognoz qilib bo‘lmaydi va urushdan keyin tinch Eronni qurish imkonsiz. Eng katta xavf esa — Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopilishi bo‘lib, bu AQShda benzin narxini keskin ko‘tarib yuborishi mumkin edi.
Shuningdek, jurnalist Taker Karlson ham Trampni bu yo‘ldan qaytarishga uringan. U bir yil davomida Trampni Eron bilan urush uning prezidentligini barbod qilishidan ogohlantirib kelgan. Urushdan oldingi suhbatda Tramp Karlsonni tinchlantirib: "Xavotir olma, hammasi yaxshi bo‘ladi", degan. Karlson buni qayerdan bilishini so‘raganda, Tramp: "Chunki doim shunday bo‘ladi", deya javob qaytargan.