Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Jerar Depardye Turkiya fuqaroligini olmoqchi

A A A
Jerar Depardye Turkiya fuqaroligini olmoqchi

Aktyor Jerar Depardye Turkiya fuqaroligini olishni istayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Aydinlik gazetasiga tayanib, «RIA Novosti» xabar berdi.

Xabar berilishicha, aktyor mazkur bayonotni Pxenyanda qilgan. Depardyening so‘zlariga ko‘ra, u oktyabr oyida Turkiyaga borib, Erdo‘g‘on bilan gaplashmoqchi.

Avvalroq France Presse agentligi jurnalistlar Depardyeni Shimoliy Koreyadagi mehmonxonalardan birining barida ko‘rganini ma’lum qilgan. Ayni paytda Pxenyanda KXDRga asos solinganining 70 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Depardye Putinning 2013 yil 1 yanvaridagi farmoniga asosan Rossiya fuqaroligini qo‘lga kiritgan edi. Depardye Fransiya fuqaroligini ham saqlab qolgan.

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 00:40 18.09.2018. O'qildi: 1322 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik