Jeep brendi egasi — Stellantis kompaniyasi xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda keng ko‘lamli qaytarib olish dasturini boshladi. Bunga ayrim rusumdagi avtomobillarning elektr tizimi va yuqori kuchlanishli detallarida kuzatilgan nosozlik sabab bo‘lgan, bu esa o‘z navbatida yong‘in chiqish xavfini yuzaga keltirishi mumkin.
Kompaniya ehtiyot chorasi sifatida bir milliondan ortiq transport vositasini tekshiruvdan o‘tkazish va nuqsonlarni bartaraf etish uchun servis markazlariga chaqirib olmoqda.
Stellantis mutaxassislari muammoning kelib chiqish sabablarini o‘rganish va zarur texnik yechimlarni tatbiq etish ustida ishlamoqda. Hozirgacha vaziyat to‘liq hal etilmagan bo‘lgani bois, avtoegalarga vositalarni yopiq garajlar yoki turar joylar yaqinida saqlamaslik, imkon qadar ochiq maydonlarda qoldirish qat’iyan tavsiya qilingan.
Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda dunyoning yetakchi avtokonsernlari ham batareyalar va elektr tizimidagi nosozliklar sababli shunga o‘xshash chaqirib olish kampaniyalarini amalga oshirib kelayotgan edi. Jeep egalaridan o‘z avtomobillari ushbu ro‘yxatga kiritilgan yoki kiritilmaganini kompaniyaning rasmiy kanallari yoxud dilerlik markazlari orqali tekshirib ko‘rish so‘ralmoqda.