Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

JCH-2026ning ilk uchrashuvi El-Ninyo sababli xavf ostida qolmoqda

JCH-2026ning ilk uchrashuvi El-Ninyo sababli xavf ostida qolmoqda

2026 yilgi Jahon chempionati bahslari El-Ninyo okean issiqlik to‘lqini oqibatida boshqa sanalarga ko‘chirilishi mumkin. Mazkur iqlim hodisasi AQSh va Meksika hududlarida kuchli bo‘ronlar hamda noqulay ob-havo sharoitlarini keltirib chiqarishi kutilmoqda.

Jumladan, 11 iyun kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Meksika — Janubiy Afrika Respublikasi o‘rtasidagi turnirning ochilish uchrashuvi ham xavf ostida qolmoqda. Bu haqda AccuWeather kompaniyasi meteorolog-tahlilchisi Aleks Daffus ma’lum qildi.

«Mexiko shahri hududida 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining ilk uchrashuvi vaqtida yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi xavfi ortib bormoqda. Tropik namlikning bu darajada kuchayishi diqqatimizni tortdi, chunki u yanada jiddiy hodisaga aylanishi mumkin», — dedi Daffus The Sun nashriga bergan ma’lumotida.

Eslatib o‘tamiz, 3 iyun kuni Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida o‘tkazilgan Gaiti — Yangi Zelandiya o‘rtoqlik uchrashuvi kuchli yomg‘ir va chaqmoq sababli 36 daqiqaga kechiktirilgan edi. Uchrashuv Gaiti terma jamoasining 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.

Kiritildi: Bugun 20:47. O'qildi: 269 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!