Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

JCH-2026. Merinoning goli Ispaniyani yarim finalga olib chiqdi

JCH-2026. Merinoning goli Ispaniyani yarim finalga olib chiqdi

Ispaniya terma jamoasi JCH-2026 chorak finalida Belgiyani mag‘lub etdi — 2:1.

Ispaniya terma jamoasi Los-Anjelesdagi «SoFi Stadium»da bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati chorak final uchrashuvida Belgiya terma jamoasini 2:1 hisobida taslim etdi.

Hisobni 30-daqiqada ispaniyaliklar yarim himoyachisi Fabian Ruis ochdi. Belgiyaliklar safida esa 41-daqiqada hujumchi Sharl de Ketelare muvozanatni tikladi. «Qizil furiya»ga g‘alabani 88-daqiqada maydonga tushganiga ikki daqiqa bo‘lgan xavbek Mikel Merino taqdim etdi.

Belgiya darvozaboni Tibo Kurtua ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida son qismidagi jarohat tufayli almashtirildi.

Ispaniya JCH-2026 yarim finaliga chiqdi va u yerda chorak finalda Marokashdan ustun kelgan (2:0) Fransiya terma jamoasi bilan to‘qnash keladi.

Kiritildi: 08:10 11.07.2026. O'qildi: 1272 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!