JCH–2026 "H" guruhi 1-turidan o‘rin olgan Ispaniya va Kabo-Verde terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bahs AQShning Atlanta shahridagi «Mersedes-Bens Stedium» maydonida bo‘lib o‘tdi. Unda iordaniyalik Adham Muhammad bosh hakam sifatida ishladi. O‘yin 0:0 hisobidagi durang natija bilan tugadi.
Ushbu bahsda jamoalar gol urishga muvaffaq bo‘lishmadi. Ispaniya milliy jamoasi bahsda to‘la ustunlikka erishgan bo‘lsa, afrikaliklar posboni va himoyachilari qahramonlik ko‘rsatib, o‘z jamoasini darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal jahon chempionatlari final bosqichidagi debyutini amalga oshirdi. U uchrashuvning 71-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.
JCH–2026. "H" guruhi, 1-tur
15 iyun, 2026 yil
Ispaniya – Kabo-Verde – 0:0