Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

JCH-2026. Fransiya yirik hisobda g‘alaba qozondi, Mbappedan dubl (video)

JCH-2026. Fransiya yirik hisobda g‘alaba qozondi, Mbappedan dubl (video)

Jahon chempionati–2026 1/16 finali doirasida Fransiya va Shvesiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. AQShning Ist-Raterford shahridagi «Metlayf» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda fransuzlar 3:0 hisobida ishonchli g‘alaba qozondi.

Fransiya terma jamoasi safida Kilian Mbappe dubl muallifiga aylangan bo‘lsa, yana bir golni Bredli Barkola kiritdi.

Shu tariqa, Fransiya terma jamoasi Jahon chempionati 1/8 finaliga yo‘llanma oldi. Fransuzlar ushbu bosqichda 5 iyul kuni Paragvay terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

JCH-2026. 1/16 final
1 iyul, 2026 yil, chorshanba
Fransiya — Shvesiya — 3:0
Gollar:
Mbappe, 45 (1:0), Barkola, 53 (2:0), Mbappe, 74 (3:0).

Kiritildi: 07:31 01.07.2026. O'qildi: 1804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!