Bugun 16 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

JCH-2026. Belgiya va Misr bahsida g‘olib aniqlanmadi

JCH-2026. Belgiya va Misr bahsida g‘olib aniqlanmadi

Belgiya va Misr terma jamoalari 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi o‘yinida durang qayd etishdi — 1:1. Uchrashuv AQShning Sietl shahridagi «Lyumen Fild» stadionida bo‘lib o‘tdi.

O‘yinda hisobni 19-daqiqada «fir’avnlar» ochishdi — Muhammad Salohning uzatmasidan so‘ng yarim himoyachi Imom Ashur gol muallifiga aylandi. Ma’lumot uchun, hujumchi (Saloh) 15 iyun kuni 34 yoshni qarshilagan edi.

«Qizil iblislar» ikkinchi bo‘limda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi — 66-daqiqada misrliklar himoyachisi Muhammad Xoni o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi (avtogol).

Shu tariqa, Belgiya va Misr bir ochkodan jamg‘arishdi. «G» guruhining ikkinchi o‘yinida Eron va Yangi Zelandiya terma jamoalari to‘qnash kelishadi. Ushbu uchrashuv 16 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da boshlanadi.

BELGIYa — MISR — 1:1
Gollar:
Imom Ashur 19 (0:1), Muhammad Xoni 66-avtogol (1:1).
Belgiya: Kurtua, Mexele, Ngoy, Kastan (De Keyper, 56), Menye, Tilemans, Onana (Raskin, 56), De Breyne (Vanaken, 86), Doku (Fernandes-Pardo, 86), Trossar, De Ketelare (Lukaku, 66).
Misr: Shobeir, Yasser Ibrahim, Fati (Xafez, 89), Axmed Fatuh (Adel, 89), Xoni, Lashin, Ateya, Saloh (Sayed, 76), Ashur (Rabia, 71), Ziko (Abdulkarim, 76), Marmush.
Ogohlantirishlar: Kastan (14), De Keyper (75) — Ateya (13), Axmed Fatuh (34).

Kiritildi: Bugun 07:21. O'qildi: 297 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!