Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

JCH-2022da muxlislar uchun yangi qoida joriy etildi

A A A
 JCH-2022da muxlislar uchun yangi qoida joriy etildi

Xabaringiz bor, joriy yilning 20 noyabridan 18 dekabriga qadar Qatarda futbol bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Mazkur musobaqa tashkiliy qo‘mitasi Qatar ommaviy axborot vositalari orqali o‘yinlarni tomosha qilish uchun mamlakatga keladigan xorijiy futbol ishqibozlari uchun belgilangan me’yorlarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qatarga keladigan ishqibozlar mamlakatga kirib kelishidan 48 soat oldin koronavirusning salbiy test javobini taqdim etishi lozim bo‘ladi. Test javobi telefonga yuklangan Ehteraz dasturiga joylashtirilgan bo‘lishi lozim, deyiladi xabarda.

E’tiborli jihati, bu qoida 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga tatbiq etilmaydi.

Kiritildi: 23:14 30.09.2022. O'qildi: 2804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!