JCH-2018 guruh bosqichi doirasidagi Eron hamda Marokash to‘qnashuvi qizg‘in kechdi. O‘yin deyarli teng kurashlar ostida o‘tdi. Bahs taqdirini esa so‘nggi daqiqalarda kiritilgan avtogol hal qildi. Marokash futbolchisi Buxadduz jarima zarbasini boshi bilan o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi, bu esa Eronga g‘alaba keltirdi.
Marokash - Eron 0:1
Gol: 0:1 – 90, avtogol Buxadduz.
Marokash – Muhammadi, El-Axmadi, Benatiya, Xakimi, Belxanda, Ziyesh, Xarit (da Koshta, 82), Bussufa, Amrabat (Amrabat, 76), Saiss, El-Kaabi (Buxadduz, 77).
Eron – Beyranvand, Puraliganji, Cheshmi, Rezayan, Shojai (Taremi, 68), Xojsafi, Amiri, Ebraximi (Xosseyni, 80), Jahonbahsh (Goddos, 85), Azmun, Ansarifard.
Ogohlantirishlar: Shojai (10), El-Axmadi (34), Jahonbahsh (47), Ansarifard (90).