Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Javohir Sindarov bugun Varshavada boshlanadigan «Grand Chess Tour: Super Rapid & Blitz» turnirida ishtirok etadi

Javohir Sindarov bugun Varshavada boshlanadigan «Grand Chess Tour: Super Rapid & Blitz» turnirida ishtirok etadi

5–10 may kunlari Varshava shahrida nufuzli "Grand Chess Tour" doirasida "Super Rapid & Blitz" turniri bo‘lib o‘tadi. Jahonning kuchli grossmeysterlari ishtirok etadigan mazkur musobaqa shaxmat muxlislari diqqat markazida.

Turnirda jami 10 nafar kuchli grosmeysterlar ishtirok etadi. O‘zbekiston sharafini Javohir Sindorov himoya qiladi.

Turnir ishtirokchilari:

Javohir Sindorov (O‘zbekiston)
Gukesh Dommaraju (Hindiston)
Fabiano Karuana (AQSh)
Alireza Firuzja (Fransiya)
Uesli So (AQSh)
Maksim VashYE-Lagrav (Fransiya)
Yan-Kshishtof Duda (Polsha)
Vladimir Fedoseev (Sloveniya)
Xans Nimann (AQSh)
Radoslav Voytashek (Polsha)

Format va vaqt nazorati:

Rapid: 9 tur (25 daqiqa + 10 soniya har bir yurish uchun)
Blitz: 18 tur (5 daqiqa + 2 soniya har bir yurish uchun)

Mukofot jamg‘armasi:

Turnirning umumiy priz fondi 200 000 AQSh dollarini tashkil etadi.

Kiritildi: Bugun 10:15. O'qildi: 210 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!