Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Jasurbek Latipovda oltin!

A A A
Jasurbek Latipovda oltin!

O‘zbekistonlik bokschilarning bugungi final janglari boshlandi. 

52 kg vazn toifasida birinchi ringga ko‘tarilgan Jasurbek Latipov filippinlik raqibi Ladon Rogen bilan jang qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqa oltin medaliga ega chiqdi. 

Dastlabki raundda hamyurtimiz qarshi hujumlarda yaxshi ishlab, raqibga nisbatan ko‘proq zarba berdi. Ikkinchi raundda esa filippinlik bokschi qoshidan jarohat olib, shifokorning xulosasiga ko‘ra jangni davom ettira olmadi.

Bir yarim raund bo‘yicha hakamlarning baholari quyidagicha bo‘ldi — 3:1 (20:18, 19:19, 18:20, 20:18, 20:18).

Bugungi final janglari. 

12:30. 56 kg. Jo Xyo Nam (KXDR) - Mirazizbek Mirzaxalilov (O‘zbekiston) 

12:45. 60 kg. Shunqor Abdurasulov (O‘zbekiston) - Erdenebat Sendbaatar (Mo‘g‘uliston) 

13:00. 64 kg. Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston) - Baatarsux Chinzorig (Mo‘g‘uliston) 

13:15. 69 kg. Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston) - Bobo Usmon Boturov (O‘zbekiston) 

13:30. 75 kg. Amankul Abilxan (Qozog‘iston) - Isroil Madrimov (O‘zbekiston).

Manba: stadion.uz

Kiritildi: 12:41 01.09.2018. O'qildi: 1774 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik