Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

JARda sodir bo‘lgan otishmada 10 kishi halok bo‘ldi

JARda sodir bo‘lgan otishmada 10 kishi halok bo‘ldi

Janubiy Afrika Respublikasining Yoxannesburg shahri yaqinidagi qishloqda sodir bo‘lgan otishmada kamida 10 kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi yaralandi.

Bu haqda polisiyaga tayanib, AFP xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shahardan 40 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan Bekkersdalda noma’lum shaxslar o‘t ochgan. Hujumchilarning maqsadi aniqlanmagan.

Xabarlarga ko‘ra, hujumchilar ko‘chadagi odamlarga qarata o‘q uzgan. Hozirgacha o‘n kishi halok bo‘lgan, yana o‘n kishi jarohatlangan.

Huquq-tartibot idoralari hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Kiritildi: Bugun 11:40. O'qildi: 270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!