"10 yanvar kuni JAR, Xitoy, Rossiya va Eron Janubiy Afrika suvlarida bir haftalik qo‘shma dengiz mashqlarini boshladi. Bu kemachilik va dengiz iqtisodiy faoliyati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan BRICS Plus operasiyasi deb nomlandi", deya xabar bermoqda agentlik.
Qo‘shma operasiyalar bo‘yicha vakil vazifasini bajaruvchi podpolkovnik Mfo Matebula ushbu mashg‘ulotlar biror davlatga qarshi qaratilmaganini bildirdi. Shuningdek, u Janubiy Afrika Respublikasi vaqti-vaqti bilan AQSh Harbiy-dengiz floti bilan ham mashqlar o‘tkazib kelishini qo‘shimcha qildi.