Bugun 26 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Japarov: Qirg‘iziston sanksiyalar orqali boyiyotgani yo‘q

Japarov: Qirg‘iziston sanksiyalar orqali boyiyotgani yo‘q

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakat iqtisodiyoti Rossiyaga qarshi sanksiyalarni aylanib o‘tish sxemalari hisobiga rivojlanayotgani haqidagi da’volarni rad etdi.

Japarov bu haqda Amerika-Qirg‘iziston biznes kengashi tomonidan berilgan mukofotni qabul qilish marosimida ma’lum qildi.

Uning so‘zlari The New York Times gazetasida Qirg‘iziston iqtisodiyoti o‘sishi sanksiya ostidagi tovarlarni Rossiyaga yetkazib berishda vositachi sifatida foydalanilayotgani bilan bog‘liq, degan maqola chop etilganidan keyin yangradi.

Japarovning ta’kidlashicha, Qirg‘iziston avval ham Rossiyaga turli tovarlarni yetkazib kelgan, ammo harbiy mahsulotlarni yetkazib bermagan.

«Sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan birorta ham tovar biz tomonimizdan Rossiyaga hujjatda ham, amalda ham yuborilmagan. Biz sanksiyalarni hurmat qilamiz, BMT qoidalarini hurmat qilamiz», — dedi Japarov.

Osiyo taraqqiyot banki ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi to‘rt yilda Qirg‘iziston iqtisodiyoti o‘sishining 30–40 foizi reeksport faoliyati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Iqtisodiy o‘sishga oltin narxining oshishi, moliya va kriptovalyuta sektorining kengayishi hamda davlatning qurilish sohasiga yirik xarajatlari ham ta’sir ko‘rsatgan.

Kiritildi: 07:50 24.09.2026. O'qildi: 544 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!