Janubiy Koreyaning birinchi va hozircha yagona ayol-astronavti Li So Yon yoshlarni o‘z orzulari va imkoniyatlariga chegara qo‘ymaslikka chaqirdi.
Li Antalyada o‘tkazilayotgan 77-Xalqaro astronavtika kongressi (IAC) doirasida «Anadolu» agentligiga bergan intervyusida bolaligida hech qachon astronavt bo‘lishni orzu qilmaganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, o‘sha paytda Janubiy Koreyada na kosmik agentlik, na kosmik dastur mavjud bo‘lgan.
«Shuning uchun astronavt bo‘lish haqida o‘ylash xayolimga ham kelmagan. Hatto “astronavt” so‘zi nimani anglatishi haqida ham aniq tasavvurga ega emas edim», — dedi u.