Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Janubiy Koreyada robot-o‘rgimchak payvandlash ishlariga jalb qilindi

Janubiy Koreyada robot-o‘rgimchak payvandlash ishlariga jalb qilindi

Janubiy Koreyaning Diden Robotics kompaniyasi kema qurish uchun devorlar va shiftlar bo‘ylab harakatlana oladigan va, xususan, payvandlash ishlarini bajara oladigan robot ishlab chiqdi, deb xabar bermoqda Business Korea.

DIDEN 3.0 - mustaqil harakatlana oladigan, xavfli va inson qo‘li yetmaydigan joylarda ishlashga mo‘ljallangan, magnit panjali to‘rt oyoqli robot.

Robot tor yo‘laklarda o‘rgimchakka o‘xshab harakatlanib, payvandlash ishlarini bajaradi. Inson tirsagi va tizzasi kabi tuzilgan bo‘g‘imlar unga tana holatini oson o‘zgartirish imkonini beradi.

Robot 30 kg gacha yukni tashishi mumkin. Hozirda u Janubiy Koreyadagi kemasozlik korxonalarida ishlamoqda.

Xalqaro robototexnika federasiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda mamlakatda har 10 ming ishchiga 1012 ta sanoat roboti to‘g‘ri kelgan.

Kiritildi: 20:34 29.09.2026. O'qildi: 366 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!