Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Janubiy Koreyada musulmon askarlar uchun maxsus menyu joriy etiladi

Janubiy Koreyada musulmon askarlar uchun maxsus menyu joriy etiladi

Janubiy Koreya armiyasida vegetarianlar va musulmon harbiy xizmatga chaqiriluvchilar uchun 2021 yildan go‘shtni istisno qiluvchi maxsus ishlab chiqilgan parhez joriy etiladi, deya xabar bermoqda YonHap News axborot agentligi Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga tayanib.

Vazirlikka ko‘ra, 2021 yilning fevralidan boshlab bo‘lajak xizmatga chaqiriluvchilardan vegetarianlarmi yoki yo‘qmi tibbiy ko‘rikdan o‘tayotganda qayd etish so‘raladi. Shaklda to‘ldirish uchun koreys va ingliz tilida "vegetarian" sifatida belgilangan ikki ustun mavjud bo‘ladi. Islam.ru ma’lumotlariga ko‘ra, bunday shaxsiy ma’lumotlar chaqiriluvchilar xizmat qiladigan bo‘linmaga yuboriladi. Bu vegetarian va musulmon askarlar uchun tizimli parhez dasturini ta’minlaydi.

"Kelasi yili vegetarian va musulmon askarlar sonini aniqlagach, tayyorlangan menyularni ishlab chiqamiz", - deydi harbiy muassasa vakili.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Kiritildi: 08:30 01.01.2021. O'qildi: 2499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!