Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Janubiy Koreyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlandi

Janubiy Koreyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlandi

Janubiy Koreyada koronavirus infeksiyasining ikkinchi to‘lqini boshlandi. Vaziyat oxirgi paytlarda ijobiy tomonga o‘zgargandi, ammo yaqinda yana virusga chalinganlar soni osha boshladi.

Mamlakat poytaxti Seulda cheklovlar qaytdi, muzeylar va teatrlar yana yopildi, ijtimoiy masofaga bo‘lgan talab saqlanib qoldi.

Ikki kun ketma-ket shaharda kasallanganlarning kunlik ortishi taxminan 50 kishini tashkil etadi, boshqa mintaqalarda 30 ga yaqin holat qayd etilgan.

Koreya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, madaniy muassasalar ishiga taqiq ikki hafta davomida amal qiladi. Koreya Milliy muzeyi, Milliy zamonaviy san’at muzeyi, Markaziy davlat kutubxonasi va to‘rtta konsert zali yopiladi.

Kiritildi: 14:06 29.05.2020. O'qildi: 3497 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!