Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Janubiy Koreyada ishlamoqchi bo‘lgan erkak pullaridan ayrildi

Janubiy Koreyada ishlamoqchi bo‘lgan erkak pullaridan ayrildi

Farg‘ona shahrida yashovchi S. T. Janubiy Koreya davlatiga borib ishlashni ko‘pdan beri orzu qilib yurardi. 2019 yilning may oyida shahar markazida joylashgan kafelarning birida tanishi T. A.ni uchratib qolishi bu orzusi amalga oshadigandek umid berdi. Unga o‘z maqsadini aytgandi, T. A. o‘z yordamini taklif qildi. Bu ish qo‘lidan kelishini aytib, tanishlari orqali uni Janubiy Koreya davlatidagi “Hyundai” avtomobil zavodiga ishga yuborishga va’da berdi. Albatta tekinga emas. Oldindan S. T.dan 21 million 200 ming so‘m pul oldi.

S. T. “ana ketaman-mana ketaman” bilan kutib yuraverdi. Oradan kunlar, oylar o‘ta boshladi. Lekin Koreyaga borib ishlash orzuligicha qolib ketdi. T. A  bir yildan ziyod vaqt o‘tsa hamki va’dasini bajarmagach, jabrlanuvchi ichki ishlar organiga murojaat qilishga majbur bo‘ldi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Odamlarni laqillatgan T. A. endi qilimishi uchun qonun oldida javob berishi tayin.

Kiritildi: 09:04 07.08.2020. O'qildi: 1664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!