Janubiy Koreya hukumati samolyot halokati munosabati bilan 4 yanvargacha 7 kunlik milliy motam e’lon qildi.
Janubiy Koreyadagi Jeju Air aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti halokati natijasida vafot etganlar soni 179 kishiga yetgani tasdiqlandi.
Samolyot bortida jami 181 kishi bor edi, shulardan faqat 2 kishi omon qolgan, hozirda ularning ahvoli yaxshi. Qolgan 179 kishining esa jasadi topilgan.
Bu Janubiy Koreya tarixidagi eng halokatli samolyot halokati bo‘ldi. Hozirgacha bunday falokat 1993 yilda Mokpoda Asiana Airlines samolyotining qulashi edi. O‘shanda 66 kishi halok bo‘lgan.