Janubiy Koreya razvedka xizmatining sobiq rahbari Cho Txe Yon 2024 yilda harbiy holat joriy etishga urinish ishi bo‘yicha hibsga olindi. Bu haqda Yonhap xabar berdi.
Tergovga ko‘ra, u sobiq prezident Yun Sok Yolning noqonuniy harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lishi mumkin.
Avvalroq hokimiyatdan chetlatilgan prezident Yun Sok Yolga nisbatan beshta ayblov qo‘yilgan edi. Xususan, u Vazirlar mahkamasi a’zolari huquqlarini buzish va KXDR bilan mojaroni qo‘zg‘atishga urinishda ayblanmoqda.
Sobiq prezidentni hibsga olish buyrug‘i, u dalillarni yo‘q qilishi mumkinligi ehtimoli tufayli chiqarilgan. Yun Sok Yol esa ayblovlarni rad etib, harbiy holatni parlament talabi bilan bekor qilganini aytmoqda.