Ma’lumotlarga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi urush va Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi muammolar sababli Janubiy Koreya energiya manbalarini kengaytirmoqchi.
"Biz Qozog‘iston bilan ijobiy kelishib oldik, shuning uchun kelasi hafta boshida qancha neft sotib olishimizni va qolgan tafsilotlarni aniq ayta olamiz", – dedi mamlakat sanoat vaziri Kim Chon Kvan.
Hozirda Janubiy Koreya neft importining 70 foizi Yaqin Sharqqa bog‘lanib qolgan. Shuningdek, Koreya o‘tgan oyda BAAdan 24 million barrel xom neft yetkazib berish va’dasini olgan edi.
Sanoat vaziri Qozog‘istondan xomashyo olib kelish muddati AQSh bilan bir xil (50-60 kun) ekanini va bu uzoq muddatli barqarorlik uchun muhimligini ta’kidladi.