Bugun 16 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Janubiy Koreya Koreya urushida halok bo‘lgan 30 nafar askar qoldiqlarini Xitoyga topshirdi

Janubiy Koreya Koreya urushida halok bo‘lgan 30 nafar askar qoldiqlarini Xitoyga topshirdi

Janubiy Koreya 1950–1953 yillardagi Koreya urushi paytida Shimoliy Koreya safida halok bo‘lgan 30 nafar xitoylik askarning qoldiqlarini Xitoyga topshirdi. Bu haqda «Sinxua» axborot agentligi xabar berdi.

Xitoy Xalq Ko‘ngilli Armiyasi askarlarining qoldiqlari shaxsiy buyumlari bilan birga harbiy transport samolyotida mamlakat shimoli-sharqidagi Lyaonin provinsiyasi markazi Shenyan shahridagi Taosyan aeroportiga yetkazilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2014 yildan buyon Koreya urushida halok bo‘lgan 1011 nafar xitoylik askar jasadi o‘z vataniga qaytarilgan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy 1950–1953 yillarda Shimoliy Koreyani qo‘llab-quvvatlab, Janubiy Koreya safida jang qilgan AQSh boshchiligidagi BMT kuchlariga qarshi chiqqan edi.

Kiritildi: 14:27 12.09.2025. O'qildi: 430 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!