Bugun 10 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Janubiy Koreya Ho‘rmuz bo‘g‘ozi masalasida Eronga maxsus elchi yubormoqchi

Janubiy Koreya Ho‘rmuz bo‘g‘ozi masalasida Eronga maxsus elchi yubormoqchi

Janubiy Koreya TIVning yuqori martabali diplomati Chon Byon Xa yaqin orada maxsus vakil sifatida Eronga jo‘nab ketishini ma’lum qildi.

Tashrifdan asosiy maqsad — o‘z fuqarolari xavfsizligini ta’minlash va Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ustidan o‘rnatgan nazorati masalasini muhokama qilishdir.

​Vazirlikning juma kuni bergan bayonotiga ko‘ra, Chon Byon Xa barcha kemalar, jumladan, Janubiy Koreya kemalari uchun ham bo‘g‘oz orqali erkin harakatlanish huquqini himoya qilishni rejalashtirmoqda.

​Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni ikki davlat Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon muloqoti chog‘ida Eron tomoni Seulning maxsus vakil yuborish tashabbusini ijobiy kutib olgan edi.

Kiritildi: Bugun 12:25. O'qildi: 401 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!