Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon mamlakat G‘arbiy Osiyodagi mojaroda ishtirok etish uchun harbiy kuchlarini yubormasligini ma’lum qildi.
U Seul dengiz qatnovi xavfsizligini ta’minlashda qanday rol o‘ynashi mumkinligini ko‘rib chiqayotganini aytdi.
Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi bilan suhbatda Seul Hurmuz bo‘g‘oziga harbiy kuch yoki texnika yuborish bo‘yicha qaror qabul qilmaganini bildirdi.
Tomonlar mintaqadagi vaziyat va ikki tomonlama masalalar bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.