Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Janubiy Afrikada barcha bolalar Putinni taniydi

A A A
Janubiy Afrikada barcha bolalar Putinni taniydi

Janubiy Afrika Respublikasining Moskvadagi elchisi Mzuvukile Maketuka Rossiya prezidentining mamlakatdagi yuksak mashhurligi haqida gapirib, respublikadagi har bir bola Vladimir Putin kimligini bilishini ta’kidladi.

Bu haqda u Yevropa diplomatiyasi rahbari Xosep Borrelning Rossiyani qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlarda qatnashayotgan afrikaliklarning nosamimiyligi haqidagi bayonotiga izoh berar ekan.

“Hatto mening o‘n yashar nevaram ham uni biladi. Shu bois Putinni tanimaydigan kamida bitta janubiy afrikalik borligiga shubha qilaman”, — deya elchi so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Mzuvukile Maketuka, shuningdek, Janubiy Afrikada maktablardagi bolalar 20 asrdagi Rossiya tarixini o‘rganishlarini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 11:43 22.01.2023. O'qildi: 2536 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik