Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jambuldagi avtohalokatda jabrlanganlar O‘zbekistonga olib kelindi

Jambuldagi avtohalokatda jabrlanganlar O‘zbekistonga olib kelindi

20 aprel kuni Qozog‘istonning Jambul viloyati Qorday tumani hududida Chimkent-Olmaota trassasining 181-kilometrida avtobus ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida jabrlangan 9 nafar o‘zbekistonlik O‘zbekistonga yetkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi vakiliga asoslangan holda RIA Novosti xabar qilgan.

Qozog‘iston ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, avtohalokatda 11 kishi, jumladan 3 nafar o‘zbekistonlik va 8 nafar qozog‘istonlik halok bo‘lgan, 39 kishi jarohat olgan.

Turli darajadagi tan jarohatlari olgan 9 nafar o‘zbekistonlik reanimobillarda Qozog‘istondan Bishkekka olib chiqilgan, u yerdan esa bugun ertalab favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus borti bilan Toshkentga yetkazilgan , deya xabar qilgan manba. Uning ta’kidlashicha, 2 nafar o‘zbekistonlik shifokorlar ko‘rigidan keyin yaqinlari hamrohligida Olmaotaga yo‘l olgan, yana bir jabrlanuvchi mahalliy shifoxonada qolmoqda.

O‘zbekiston TIV ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lgan 3 nafar o‘zbekistonlikning jasadi Qordaydagi o‘likxonada qolmoqda. Amaldagi tartiblarga ko‘ra, shaxsni aniqlash jarayoni o‘tkazilgandan so‘ng Qozog‘iston tomoni halok bo‘lganlar jasadlarini Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasiga yetkazishni ta’minlaydi , deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev avtohalokatda jabrlanganlarga va jasadlarni vatanga qaytarishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha hukumat komissiyasini tuzish topshirig‘ini bergan.

Kun.uz

Kiritildi: 19:23 21.04.2019. O'qildi: 1415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!